Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi
24.08.2026 3 daq. 422 ko‘rilgan

Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi

Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi 1/4
Bosh sahifaga

Ulashish

Bugun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarining strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘linmalari rahbarlari, mas’ul xodimlari va vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Har bir strategik rejalashtirish hujjatining asosi – xalqning davlat xizmatchilari faoliyatidan rozi bo'lishi, ya'ni fuqarolarning ehtiyoj va kutilmalariga hamohang natijalarga erishishdan iborat. Shu bois barcha idoralar oldida aholi kutilmalarini o'rganish hamda o'z faoliyatini va strategik maqsadlar mohiyatini aynan shu kutilmalarga moslashtirish vazifasi turibdi. Bunda erishilgan natijalar nafaqat rejaviy ko'rsatkichlar, balki fuqarolar hayotidagi real o'zgarishlar orqali baholanishi lozim.

Muloqotning birinchi qismida strategik maqsadlarning 2026-yil I yarim yilligidagi ijro holati va dinamikasi taqdim etildi. Taqdimotda har bir yo‘nalish bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlar, rejaga nisbatan ijro darajasi va o‘sish sur’atlari tahlil qilindi. Bu ishtirokchilarga o‘z tashkiloti faoliyatini umumiy strategik natijalar bilan solishtirish va zaif nuqtalarni aniqlash imkonini berdi.

Tadbirning amaliy qismi strategik rejalashtirish va rivojlanish raqamli platformasiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilarga platformaning modullari, ma’lumotlarni kiritish tartibi va bosqichlari, hisobotlarni shakllantirish jarayoni batafsil tanishtirildi. Ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish monitoringni real vaqt rejimida yuritish, hisobotlarni avtomatlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xatoliklarni kamaytirish imkonini berishi ta’kidlandi.

Alohida taqdimot ichki nazorat mexanizmi, davlat organlari reytingi va ko‘riladigan chora-tadbirlarga qaratildi. Reyting tizimi idoralar faoliyatini xolis baholash, ijro intizomini kuchaytirish va idoralararo sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi. Ichki nazoratning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga zamin yaratadi.

Shuningdek, monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari taqdim etildi. So‘rovnoma orqali idoralarning amaldagi tizimdan foydalanishdagi ehtiyojlari, uchrayotgan qiyinchiliklari va takliflari o‘rganildi. Bu natijalar monitoring tartibini foydalanuvchilar ehtiyojiga moslashtirish va tizimni yanada qulay hamda samarali qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ishtirokchilar ijro jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish, ko‘rsatkichlar bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruv hamda platformadan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni ochiq muhokama qilishdi. Muhokama chog‘ida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan tajriba almashildi.

Tadbir yakunida yil oxirigacha ijroni ta’minlash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Natijada ishtirokchilar monitoring tizimining amaldagi tartibi bilan yaqindan tanishdilar, raqamli platforma bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvga ega bo‘ldilar va ijroni jadallashtirish bo‘yicha o‘z zimmalaridagi vazifalarni aniq belgilab oldilar. Bildirilgan takliflar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini yanada samarali ta’minlash va monitoring tizimini mustahkamlashda inobatga olinadi.

Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-farmoni hamda 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi Oldingi yangilik 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Keyingi yangilik 25.08.2026

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan uchrashuv

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan uchrashuv →
Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi

Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi

24.08.2026 • 3 daq.
Vazirlik va idoralar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/vazirlik-va-idoralar-bilan-ozbekiston-2030-strategiyasi-ijrosining-birinchi-yarim-yillik-natijalari-muhokama-qilindi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish