
PF-113 · 14.07.2025
“Kelajak uchun” — istiqbolli tashabbuslar forumi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmoni bilan ta’sis etilgan. Forum Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili o‘tkaziladi.
Tashabbuslar har yili 1-maydan 1-iyulgacha kraud-platforma orqali qabul qilinadi. Mentorlar kengashi “Top-50” va “Top-10” tashabbuslarini saralaydi. “Top-10” mualliflari o‘z loyihalarini Prezident ishtirokidagi yalpi majlisda taqdim etadi.
Forum haqida barcha ma’lumot — platformada Ishtirok shartlari, g‘olib tashabbuslar va ularning ijrosi.
Platformaga o‘tish →
Huquqiy asos: PF-113-son Farmon, 14.07.2025



