Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatdagi og‘ir toifadagi 2 tadan tuman Agentlik mutaxassislari ishtirokida o‘rganilmoqda. Shunday guruhlardan biri Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida bo‘lib turibdi.
Mahallalardagi sharoit, tadbirkorlarning muammo va talablarini o‘rganish asosida, tumanda iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish, uni soha va tarmoqlar kesimida rivojlantirish bo‘yicha rejalar shakllantirilmoqda. Bu rejalar amaliy chora-tadbirlarga aylanib, xalqchil islohotlarni odamlar hayotiga olib kirishga hissa qo‘shadi.








