Strategik rejalashtirish tizimi

Bir maqsad.
Yagona tizim.
Oʻlchanadigan natija.

Oʻzbekistonda strategik rejalashtirishning yagona tizimi yaratildi. Uni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi muvofiqlashtiradi.

40 +
vazirlik va idoralar
14
hudud

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz

Tahliliy markazlar

Ilmiy-tadqiqot institutlari

Xorijiy hamkorlar

Xalqaro tashkilotlar

Barcha ishtirokchilar — yagona maqsad atrofida

Vazirlik va idoralar

Soha va tarmoq strategiyalarini ishlab chiqadi va bajaradi

Hududlar

Axborot-tahlil guruhlari va “Islohotlar shtablari” orqali ishlaydi

Aql markazlari

Strategiyalarni tahlil qiladi, ekspertiza va baholashda qatnashadi

Xorijiy hamkorlar

Ilgʻor xalqaro tajriba va ekspertiza bilan boyitadi

Markazda — inson

Har bir strategik hujjatning bosh maqsadi inson manfaatlarini taʼminlash va aholi turmush darajasini oshirishdir. Har bir maqsadning aniq masʼuli, resursi va oʻlchanadigan koʻrsatkichi boʻladi.

Muvofiqlik Iqtisodiy samaradorlik Moliyaviy barqarorlik Hisobdorlik Shaffoflik Uzluksizlik

Maqsad — harakat — natija

Barcha hujjatlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi atrofida uch darajada quriladi.
  1. 7+ yil I daraja Konsepsiyalar
    Uzoq muddatli ustuvorliklar
  2. 4–7 yil II daraja Strategiyalar
    Maqsadlar, koʻrsatkichlar, resurslar
  3. 1–3 yil III daraja Dasturlar
    “Yoʻl xaritalari” va chora-tadbirlar

Hayotiy sikl

Rejalashtirish

Maqsad va koʻrsatkichlar belgilanadi

Ijro

Chora-tadbirlar amalga oshiriladi

Monitoring

Bajarilish holati kuzatiladi

Baholash

Natija va samaradorlik baholanadi

Tizimni Agentlik yuritadi

  • Vazirlik va hokimliklarning strategik boʻlinmalarini muvofiqlashtiradi
  • Strategik hujjatlarni sifat tekshiruvidan oʻtkazadi
  • Maqsadlar ijrosini monitoring qiladi va baholaydi
  • Uslubiy koʻmak beradi va xodimlarni muntazam oʻqitadi

Agentlikning ijobiy xulosasisiz strategik hujjat loyihasi Prezident Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritilmaydi.

Kuchli tizim — malakali mutaxassislardan

Agentlik vazirlik, idora va hokimliklarning strategik rejalashtirish xodimlarini muntazam ravishda oʻqitib boradi. Seminar va treninglar xalqaro ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.

Strategik hujjat ishlab chiqish metodologiyasi

Samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)

Monitoring va baholash

Raqamli platforma bilan ishlash

Har bir maqsad — koʻz oldingizda

Barcha strategiyalar boʻyicha maʼlumotlar va ularning bajarilish holati Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasida koʻrinib turadi.

Real vaqt monitoringi

Geoportal: maqsadlar xaritada

Maʼlumotga asoslangan byudjet

Davlat organlari reytingi

Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktyabrdagi PF-201-son Farmoni; 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qarori.