Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda
04.09.2026 2 daq. 7 ko‘rilgan

Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda

Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda 1/6
Bosh sahifaga

Ulashish

Joriy yilning 4-sentabr kuni Dehqonobod tumani hokimligida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini chuqur tahlil qilish, mavjud salohiyat va muammolarni aniqlash hamda istiqboldagi strategik vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Sherzod Shokirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi sho‘ba mudiri Ikrom Fozilov, Qashqadaryo viloyati hokimligi Islohotlar shtabi guruh rahbari Oybek Qurbonov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi vakillari, tuman hokimligi bo‘limlari rahbarlari hamda mahallalardagi holatni o‘rganishga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, hududlarni strategik rivojlantirishda mavjud imkoniyat va resurslarni chuqur tahlil qilish, ichki salohiyatdan samarali foydalanish hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda belgilash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Shu nuqtayi nazardan, Dehqonobod tumanini rivojlantirishda ham an’anaviy yondashuvlar bilan cheklanib qolmasdan, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yechimlar va zamonaviy strategik tahlil usullaridan foydalanish muhimligi qayd etildi.

Mazkur jarayonni tizimli va samarali tashkil etish maqsadida tuman hokimligida mas’ul rahbarlardan iborat maxsus shtab shakllantirildi. Tumandagi 51 ta mahallaning har birida mavjud holatni chuqur o‘rganish, muammo va imkoniyatlarni aniqlash hamda rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash uchun alohida ishchi guruhlar tuzilib, amaliy o‘rganishlar boshlandi.

Tahlil jarayonlari xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan SWOT strategik tahlil metodologiyasi asosida olib borilmoqda.

🔹 Kuchli va zaif tomonlar — tuman va mahallalarning mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy salohiyati, shuningdek, rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan omillar tizimli tahlil qilinadi.

🔹 Imkoniyatlar va xavf-xatarlar — tashqi iqtisodiy tendensiyalar, investitsiyaviy jozibadorlik, foydalanilmagan ichki imkoniyat va zaxiralar hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar baholanadi.

Bu yondashuv, avvalo, “muammo bor — uni hal qilish kerak” degan tor doiradagi qarashdan ko‘ra, mavjud muammoning sabablarini aniqlash, hududning ichki imkoniyatlarini ishga solish va kelajakdagi o‘sish nuqtalarini oldindan belgilash imkonini beradi.

O‘rganishlar yakunlari asosida Dehqonobod tumanining o‘ziga xos tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatidan kelib chiqib, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va zamonaviy innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur strategik yondashuv hududning bugungi holatini xolis baholash barobarida, Dehqonobodning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish va aholi farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← “Markaziy Osiyo – 2050” kitobi taqdim etildi Oldingi yangilik 28.08.2026

“Markaziy Osiyo – 2050” kitobi taqdim etildi

Keyingi yangilik 08.09.2026

Tarkibiy bo‘linmalar xodimlari malaka oshirmoqda

Tarkibiy bo‘linmalar xodimlari malaka oshirmoqda →
Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda

Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda

04.09.2026 • 2 daq.
Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati strategik yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda
Manba: https://asdr.uz/news/dehqonobod-tumanining-ijtimoiy-iqtisodiy-rivojlanish-holati-strategik-yondashuvlar-asosida-organilmoqda  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish