Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi
12.05.2026 3 daq. 30 ko‘rilgan

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi 1/7
Bosh sahifaga

Ulashish

2026-yil 12-may kuni “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari uchun xalqaro seminar-trening tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari ekspertlari ko‘magida tashkil etildi.

Ochilish marosimida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari, davlat tajribasi almashinuvi bo‘yicha mas’ul vakil Mohamed Rashid bin Taliah, BAAning xizmatlarni rivojlantirish dasturi va Zero Bureaucracy dasturi ijrochi direktori Hisham Amiriy hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov so‘zga chiqdi.

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi “Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlarining sifati va ochiqligini oshirishdan iborat.

Mazkur maqsadlarga erishish davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot sifatini oshiradi, davlat xizmatchilarining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlaydi, shuningdek, obyektiv standartlar va o‘lchab bo‘ladigan natijalarga asoslangan raqamli demokratik boshqaruvga o‘tish uchun sharoit yaratadi.

Islohotlarning dolzarbligi davlat xizmatlariga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanadi. Xususan, 2026-yil boshidan buyon my.gov.uz portali orqali 24 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash, ijtimoiy to‘lovlarni rasmiylashtirish va mulkiy huquqlarni qayd etish sohalarida hanuz ortiqcha hujjatlar talabi hamda murakkab ma’muriy tartib-taomillar saqlanib qolmoqda va ularni tizimli ravishda bartaraf etish zarurati mavjud.

Seminar davomida BAA Bosh vaziri kanselyariyasi mutaxassislari, shuningdek, BAA Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Energetika va infratuzilma vazirligi vakillari “Zero Government Bureaucracy” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani taqdim etdilar. BAAning Global Star Rating dasturi rahbari Amira Al Ketbi ishtirokchilarni davlat xizmatlari sifatini xalqaro baholash metodologiyasi va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi (www.byurokratiyasiz2030.uz) ham taqdim etildi. Mazkur platforma ma’muriy jarayonlarni tahlil qilish, mavjud to‘siqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish imkonini beradi. Platforma idoralararo hamkorlik uchun yagona raqamli muhitni shakllantirib, islohotlar samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash imkonini yaratadi.

 

Dastur mohiyati fuqarolar va davlat xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonlarini har bir qaror qabul qilish bo‘g‘ini hamda murojaatlar bilan ishlaydigan har bir tizimning asosliligi nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilishdan iborat. Tahlil natijalari asosida ma’muriy tartib-taomillar soddalashtiriladi, boshqaruv darajalari o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlanadi va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi. Ushbu chora-tadbirlar majmuasi byurokratiyani qisqartirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida maqsad emas, balki davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash vositasi hisoblanadi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Oldingi yangilik 08.05.2026

Keyingi yangilik 20.05.2026

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi →
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

12.05.2026 • 3 daq.
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi
Manba: https://asdr.uz/news/byurokratiyani-bartaraf-etish-2030-dasturi-doirasida-xalqaro-seminar-trening-boshlandi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish